0

Ertaga poytaxtdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkent shahar hokimligi buning sababini ochiqladi.

Ertaga poytaxtdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

 

2022 yilning 2 aprel kuni Olmazor tumanida «Ajdodlar matonati va jasorati — avlodlar uchun namunadir!» shiori ostida 5 300 metrga ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi. 

 

Sport tadbiri soat 9:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasidan boshlanadi va 11:00 gacha davom etadi. Finish nuqtasi Toshkent davlat texnika universiteti.

 

Marafon davrida Olmazor tumanidagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi:

— H.Azimov ko‘chasidan Shifokorlar 1, 2, 3 ko‘chasigacha;

— Shifokorlar 1, 2, 3 ko‘chasidan Mirzo Gʻolib ko‘chasigacha;

— Mirzo Gʻolib ko‘chasidan Muxbir ko‘chasigacha;

— Muxbir ko‘chasidan Universitet ko‘chasigacha.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"