Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon telefon orqali muloqot qildi

Rahbarlar muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, mamlakatlarimizning do‘st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon telefon orqali muloqot qildi

 

5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Imron Xon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yil 3-4 mart kunlari Pokistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat tashrifi yakunida qabul qilingan qo‘shma “yo‘l xaritasi” ijrosining borishi ko‘rib chiqildi. Eng avvalo, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, turizm, madaniyat va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali hamkorlik loyiha va dasturlarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Muloqot yakunida O‘zbekiston yetakchisi Pokiston Hukumati rahbari va xalqiga ushbu mamlakatda bo‘lajak muhim siyosiy tadbir – parlament saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"