0

Murod Nazarovning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi

У ўз аризасига кўра депутатликдан кетган.

Murod Nazarovning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan deputat Murod Nazarovning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. 

 

Merad Buildings, Nest One va NRG kompaniyalarining asoschisi Murod Nazarov Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligidan ketdi. Bu haqdagi kengash qarori e-qaror portalida eʼlon qilindi.

 

"Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 39-Qozirobod saylov okrugidan saylangan deputat Nazarov Murodjon Taxirdjanovichning deputatlik vakolatlari o‘z arizasiga ko‘ra muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin", — deyiladi qaror matnida.

 

Qaror bilan, shuningdek, Murod Nazarov xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tarkibidan ham chiqarildi.

 

Qarorga Toshkent shahar hokimi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev imzo qo‘ygan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"