Jamiyat

Dumaloq yer

Har bir amalning javobi bor.

Dumaloq yer

 

«Ertalab shoshib ishga otlayongandim, telefonimga xabar keldi. Qarasam, hisobimga 25 ming so‘m pul tushibdi. Kim tashlagan ekan? Ertalabdan kunim barakali boshlanayapti-a? Rulga o‘tirganimdan so‘ng telefonim jiringladi. Paynetchi yigit, adashib bir raqamni noto‘g‘ri terib yuboribdi, endi o‘sha odam kutib turganmish, hoziroq tashlab bersam, yaxshi bo‘larmish. «Uka, raqamlarni to‘g‘ri terishni o‘rganing, bu sizga saboq bo‘lsin! Bir gal yoningizdan to‘lasangiz, ikkinchi safar adashmaysiz», deya nasihatgo‘ylik qilib, yo‘limda davom etdim.

 

Ertalabki yig‘ilishga kechikayotganimda vaqtimni olganiga ozgina asabim buzildi. Yarim yo‘lga yetmasimdan mashinamning yoqilg‘isi tugab qolsa, deng. Buning ustiga, biror mashina to‘xtay demaydi. Ikkitasi to‘xtadi-yu, muddaomni eshitgach, «Uzr, uka, o‘zimda ham kam», deya ketib qoldi. Yig‘ilishga kech qolayotganimdan jonim chiqay deyotgandi, oq «matiz» haydovchisi hartugul insof qildi. 


—  Aka, telefon raqamingizni bering, paynet qilib yuboraman, — dedim bergan pulimni olmagani sabab. 
—  Ey, shartmas, uka! Ot bilan tuyamas-ku! Keyin hozirgina hisobimni to‘ldirdim. Ertalabdan men ham siznikidan sal boshqacha ahvolga tushgandim, — dedi. 


Qo‘yarda-qo‘ymay, notanish odamning raqamini oldim. Meniki bilan birgina songa farq qiladigan telefon raqamini eshitib, uni tanidim... Yerning dumaloqligi rost ekan..»

 

Dumaloq yer | Zamon.uz