0

Teskari targ‘ibot yuritmaslik kerak: pensioner uchun hech narsa o‘zgarmaydi

Pensiya to‘lash bilan bog‘liq kechagi qaror turlicha talqinlarga, ayrim manbalarda esa hatto teskari targ‘ibotga sabab bo‘lmoqda.

Teskari targ‘ibot yuritmaslik kerak: pensioner uchun hech narsa o‘zgarmaydi

 

"Berdisini aytmay", "xudosini aytib", odamlarni chalg‘itish xayrli emas

 

Avvalo aytish kerakki, 1 maydan boshlab, bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lab beriladi. Yaʼni pensionerlar kartasiga 1% ortiqcha pul kelib tushadi.

 

AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda haq oladi.

 

Boshqacha aytganda, pensiyasini naqd pulda oladiganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, naqd pul kerak bo‘lmagan pensionerlar uchun pensiya summasi 1%ga ko‘payadi.

 

Bu nima uchun qilinayapti? Birinchi navbatda qog‘oz shakllarda hisob yuritishning eskirgan shakllaridan voz kechish uchun. Byurokratik zanjirlarni kamaytirish uchun. Pensiya tarqatishda maʼmurchilikni yaxshilash uchun

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"