Jahon

Pokiston bosh vaziri fuqarolarni mustaqillikni himoya qilishga chaqirdi

Tez orada Imron Xonga ishonchsizlik votumi eʼlon qilinishi mumkin.

Pokiston bosh vaziri fuqarolarni mustaqillikni himoya qilishga chaqirdi

 

Pokiston bosh vaziri Imron Xon unga nisbatan ishonchsizlik votumi eʼlon qilingan taqdirda, yangi hukumatni tan olmasligini bildirdi. Bu haqda u millatga murojaat paytida maʼlum qilgan.

 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ishonchsizlik votumi ortidan mamlakatda hokimiyat tepasiga “import hukumat” kelishi xavfi bor.

 

“Men buni tan olmayman”, – degan u.

 

Shu bilan birga Imron Xon uning isteʼfoga chiqarilishiga bir necha oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgan. U bunda G‘arbni ayblagan.

 

Shuningdek, siyosatchi fuqarolarni 10 aprel kuni umummilliy tinch norozilik namoyishlarida ishtirok etishga chaqirgan.

 

“Siz mustaqillikni saqlab qolishingiz kerak. Bu sizning burchingiz”, – deb qo‘shimcha qilgan u.

 

Maʼlumot o‘rnida: 8 mart kuni Pokiston muxolifati Imron Xonga ishonchsizlik votumi eʼlon qilishga urinib ko‘rdi. Ular bosh vazirni mamlakat iqtisodiyotini yaxshilay olmaslik va korrupsiyada ayblagan.

 

3 aprel kuni Pokiston parlamenti vitse-spikeri Qosim Suri ishonchsizlik votumi konstitutsiyaga zid ekanini maʼlum qilgan. Shu kuni mamlakat prezidenti Orif Alvi parlamentni tarqatib yubordi. 7 aprel kuni esa Pokiston Oliy sudi parlamentning tarqatib yuborilishi konstitutsiya normalariga qarshi ekanini taʼkidladi va uni qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqardi.

 

Avvalroq Imron Xon Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishdan bosh tortgandi. 

 

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.