0

“Montaj” filmi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

Mazkur film kinofestivalning "Eng yaxshi talabalik ishi" yo‘nalishi bo‘yicha final ishtirokchilari safidan o‘rin oldi.

“Montaj” filmi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

 

Kinematografiya agentligi buyurtmasi binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Montaj” qisqa metrajli filmi Los-Anjelesda shu yilning aprel oyi oxirida o‘tkaziladigan «Indie Short Fest» xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

 

Maʼlumot uchun, rejissyor Dilshodbek Usmonovning “Montaj” filmi Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan «Debyut start-2021» qisqa metrajli filmlar kinofestivalida ikkinchi darajali “Gran-pri” mukofotini qo‘lga kiritgan hamda «Eng yaxshi erkak roli uchun» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"