Jahon

Rossiyada ayol uyiga mehmonga kelgan erkakni pichoqladi

Ularning ikkisi ham o’zbekistonlik bo’lgan

Rossiyada ayol uyiga mehmonga kelgan erkakni pichoqladi

Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ayol uyiga mehmon bo‘lib kelgan hamyurtini pichoqladi. Bu haqda “Gazeta.SPB” xabar berdi.

 

9-aprel kuni kechqurun 44 yoshli gumonlanuvchi istiqomat qiluvchi xonadonida sodir bo‘lgan. Spirtli ichimliklarni iste'mol qilganidan so'ng, ayol va uning 45 yoshli mehmoni o'rtasida janjal kelib chiqqan, bu vaqtda ayol unga pichoq bilan bir necha marta jarohat yetkazgan.

 

Guvohlar qonga belangan erkakni payqab, tez yordam chaqirishgan. Bo‘yin, qo‘l, oyoq va dumba qismidagi jarohatlar bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Gumonlanuvchi 11-aprel qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o’tamiz, avvalroq Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani ma’lum qilingandi.

 

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish besh baravar ko‘paydi — BMT

Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish besh baravar ko‘paydi — BMT

Hozir mamlakatning 34 ta viloyatidan 16 tasida ko‘knori yetishtirilmoqda.

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya dron Yaman hududidan uchirilganini bildirdi, husiylar esa hujumga aloqadorligini rad etdi.

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

AQSh harbiy rahbariyati Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etgan.

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Kapadokiyada qoyalar quladi: uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning ikki nafari Turkiya fuqarosi, biri esa xorijlik bo‘lgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.