Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildi

Telefon muloqotida, shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildi

 

14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Hukumati rahbarini “FIDES” – Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga saylovda g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.

 

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan bir-birini tabrikladilar.

 

Strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari, Vengriya Bosh vazirining o‘tgan yili mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilindi.

 

Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, bank-moliya sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 

Suhbat har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"