Sport

Tayson Fyuri boksdagi faoliyatini yakunladi

U kecha oxirgi jangini o‘tkazib, Dillian Uaytnini nokautga uchratdi.

Tayson Fyuri boksdagi faoliyatini yakunladi

 

Og‘ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri chempionlik jangida birinchi da’vogar Dillian Uaytni mag‘lub etdi.


Londonda o‘tgan boks kechasining asosiy jangi 6-raundda yakunlandi. Unda "Lo‘lilar qiroli" Tayson Fyuri Uaytni nokautga uchratdi.
Shu bilan Tayson Fyuri o‘z kamarini himoya qildi. 

 

Oldinroq u Uaytga qarshi jangdan keyin faoliyatini yakunlashini aytgandi. Britaniyalik bokschi yengilmas jangchi sifatida faoliyatini yakunladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"