Jahon

Emmanuel Makron ikkinchi marotaba Fransiya prezidenti etib saylandi

Fransiyada 24-aprel, yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Emmanuel Makron ikkinchi marotaba Fransiya prezidenti etib saylandi

 

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron yetakchilik qildi. U 58,55 %, raqibi Marin Le Pen esa 41,45 % ovoz to‘plagan. Saylovda aholining 70 foizi ishtirok etgani maʼlum qilindi. 

 

Marin Le Pen saylovdagi mag‘lubiyatini tan oldi va navbatdagi parlament saylovlarida ishtirok etishini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada 10 aprel kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining birinchi bosqichida amaldagi prezident Emmanuel Makron 27,4 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi o‘rinda Milliy assotsiatsiya raisi Marin Le Pen 24,0% ovoz to‘plagan edi.

 

Saylov natijalari eʼlon qilinganidan so‘ng Makron Champ de Marsda nutq so‘zladi

 

Prezident unga ishonch bildirgan saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi. 

 

"Besh yillik o‘zgarishlar, baxtli va og‘ir damlar, shuningdek, favqulodda inqirozlardan so‘ng bugun, 2022 yil 24 aprel kuni ko‘pchiligingiz menga kelgusi besh yilga mamlakatimiz rahbariyatini ishonib topshirishga qaror qildingiz. Men sizga qarzdor ekanligimni bilaman", — dedi davlatimiz rahbari.

 

Maʼlumot o‘rnida: Makron 2017-yildan beri Fransiya prezidenti lavozimida. Jak Shirakdan keyin u ikkinchi muddatga saylangan birinchi Fransiya prezidentidir. 44 yoshida u Beshinchi Respublika tarixidagi eng yosh davlat rahbari bo‘lib qolmoqda.

 

 Makronga dunyo yetakchilaridan tabriklar keldi

 

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen, Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kros va Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Makronni g‘alabasi bilan tabrikladi.

 

“Sizni samimiy tabriklayman, aziz Emmanuyel Makron. Ushbu notinch vaqtlarda bizga yaxlit Yevropa va yana-da suveren va strategik Yevropa Ittifoqiga to‘liq sodiq Fransiya kerak . Fransiyaga yana besh yil umid qilishimiz mumkin”, — deydi Sharl Mishel.

 

Keyinroq tabriklarga Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Italiya bosh vaziri Mario Dragi, shuningdek, Germaniya prezidenti va kansleri, aqsh Davlat departamenti vakillari va boshqa shtatlar rahbarlari qo‘shildi.

 

 Qayta saylanganidan so‘ng, Makron u yerda ko‘pchilikni qo‘lga kiritish uchun saylovning “uchinchi bosqichi”da, yaʼni 12 va 19 iyunga belgilangan parlament saylovlarida ham ishtirok etishi kerak bo‘ladi.

 

Le Pen mag‘lubiyatini tan oldi

 

Marin Le Pen saylovlarning dastlabki natijalari maʼlum bo‘lgach, Makronga qo‘ng‘iroq qilib, g‘alabasini tan oldi.

 

BFM telekanaliga ko‘ra, uning qo‘ng‘irog‘i Armenonvil pavilonida tarafdorlari oldidagi chiqishidan oldin ham bo‘lib o‘tgan va qisqa bo‘lgan.

 

O‘z nutqi davomida u o‘yin hali tugamaganini aytdi: aslida, bir necha haftadan keyin parlament saylovlari bo‘ladi.

 

"Biz katta saylov jangini boshlayapmiz va men Jordan Bardella va ushbu turda Emmanuyel Makronga qarshi chiqishga jurʼat etgan barcha bilan birga bu kurashni olib boraman", — dedi Le Pen.

 

U, shuningdek, saylovning ikkinchi bosqichida ovoz berishning dastlabki natijalarini muvaffaqiyatli deb atadi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"