Samarqandda mehmonxona xodimi sayyohni kamsitdi
Bu qilmishi uchun mehmonxona xodimi jazolandi.

Bosh prokuraturaga tarixiy obidalarimiz bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo‘yicha mutaxassis V.K. murojaat qilib, unda Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, shaʼn va qadr-qimmatini kamsitganini ko‘rsatgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilindi.
Sudning joriy yil 22-apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanib, javobgarlik muqarrarligi taʼminlandi hamda xorijlik sayyohning huquqlari tiklandi.







