Hayit namozi: Toshkentda maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, 2-may kuni Toshkentning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi belgilandi.

Masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.
Avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib, ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.







