Jahon

Imron Xon: AQSH bizning aviabazalarga muhtoj

Shuningdek, u yana bir bor Vashingtonni o‘ziga qarshi fitnada aybladi.

Imron Xon: AQSH bizning aviabazalarga muhtoj

 

AQSH Afg‘onistondagi vaziyatni monitoring qilishi uchun Pokiston aviabazalariga muhtoj. Bu haqda mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xon maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zining lavozimidan ayrilishi Vashington ssenariysi bo‘yicha amalga oshirilgan. Xon AQSH undan Rossiya va Xitoy bilan hamkorlikni to‘xtatishni talab qilganini taʼkidlagan. Shu bilan birga u Qo‘shma Shtatlarga nisbatan dushmanlik siyosati emas, balki mustaqil siyosat olib borganini qayd etdi.

 

Xon Islomobodga hech qanday nizolarga aralashmaslikni maslahat bergan.

 

Avvalroq Pokiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi Imron Xonga qarshi hech qanday fitna bo‘lmaganini maʼlum qilgandi.  

 

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"