0

Inspektor fermer xo’jaligi yer maydonini 50 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo’ldi

U yerning 20 gektarini pullashga uringan

Inspektor fermer xo’jaligi yer maydonini 50 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo’ldi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbir o‘tkazdi.

O’tkazilgan tadbirlar natijasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand tuman bo‘limi katta inspektori o‘ziga tegishli fermer xo‘jalikning 20 gektar yer maydonini 50 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 25 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"