Jahon

YI pozitsiyasidan qatʼiy nazar Berlin Rossiya neftidan voz kechmoqchi

Shuningdek, hozirda muqobil yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda.

YI pozitsiyasidan qatʼiy nazar Berlin Rossiya neftidan voz kechmoqchi

 

Germaniya yil oxiriga qadar Rossiya nefti importidan voz kechadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi. 

 

Unga ko‘ra, Olaf Shols hukumati Moskvaning Ukrainadagi harakatlariga javob choralari sifatida rus "qora oltin"idan voz kechadi. Hozirda Berlin boshqa yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo aynan qaysi davlatlardan neft sotib olinishi hozircha oshkor qilinmayapti. Bloomberg bilan suhbatlashgan manbalar Germaniya hukumatining olti-yetti oy ichida logistika bilan bog‘liq masalalarni hal qilishiga ishonch bildirgan.

 

Agentlik suhbatdoshlarining qo‘shimcha qilishicha, neft importini to‘xtatish Yevroittifoqning embargosidan qatʼiy nazar amalga oshiriladi. Yevropaning qator davlatlari Rossiya neftidan hozir voz kecha olmasligini aytmoqda. Bu esa YEIning rus "qora oltin"iga embargo joriy eta olmasligiga sabab bo‘lyapti.

 

Avvalroq Yevropaning Rossiya uglevodorodlaridan voz kechishi uchun qancha mablag‘ zarurligi ochiqlangandi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

Sadir Japarov o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish bo‘yicha farmon imzoladi.

custom img

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

Yordam doirasidagi yetkazib berishlar 2029-yil oktabrigacha davom etishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"