Siyosat

Vladimir Norov AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan.

Vladimir Norov AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi

 

2022 yil 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Tomas Vest bilan uchrashdi.

 

Muloqot chog‘ida Amerika tomoni O‘zbekiston Rahbariyati tomonidan Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuritilayotgan siyosatni yuqori baholadi.

 

Tomonlar afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish va tizimlashtirish zarurligini qayd etdilar. Shu nuqtai nazardan, Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazib berishda Termiz shahrida yaratilgan ko‘p funksiyali transport-logistika xabi imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi taʼkidlandi.

 

Afg‘onistonning yangi hukumati keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, inson huquqlariga amal qilish, ayollarning asosiy erkinliklari, shu jumladan ularning taʼlim olishlari, harakatlanishlari, jamiyat hayotida teng asosda ishtirok etishlari bo‘yicha dunyo hamjamiyatining talablarini bajarishi masalasida yondashuvlarning o‘xshashligi qayd etildi.

 

Afg‘oniston zamini boshqa hech qachon turli xalqaro terrorchilarning boshpanasiga aylanib qolmasligi, mintaqa davlatlari va uchinchi mamlakatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerakligi alohida taʼkidlandi.

 

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, mamlakatda energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalariga kompleks yondashuvni ishlab chiqish muhimligi eʼtirof etildi.

 

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.