Bektemir tumanida “drift” va “drag-reysing” uchun maxsus poligon quriladi
Bu haqda Xalq deputatlari shahar kengashining 9-iyundagi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, “drift” va “drag-reysing” (burilish texnikasi va avtosport turi, yo‘lda tezlik va burchakni maksimal darajada ushlab turish uchun boshqariladigan usullardan foydalanish bilan bog‘liq harakatlar) uyushtirish uchun Bektemir tumani “Shonazar” MFYdan yer uchastkasi ajratiladi.
Qayd etilishicha, ajratiladigan yer uchastkasi aholi yashash joyidan tashqarida joylashib, tomoshabin sifatida kelgan shaxslarga qulay shart-sharoit yaratilishi, xavfsizlik choralari ko‘rilishiga sharoit yaratiladi.
Shuningdek, yoshlarga “drift” va “drag-reysing” uchun ajratiladigan yer uchastkasi davlat va xususiy sherikchilik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, ularga tender asosida berish va hududni zamonaviy jahon standartlariga mos ravishda bo‘lishini taʼminlanadi.







