Jahon

NATOning yirik dengiz mashg‘ulotlari boshlandi

Unga 14 suvosti va suvusti kemalari jalb qilingan.

NATOning yirik dengiz mashg‘ulotlari boshlandi

 

Atlantika okeani shimolida NATOning suvosti kemalariga qarshi yirik mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda alyans rasman maʼlum qildi.

 

Mashg‘ulotlar Dynamic Mongoose deb ataladi. O‘tgan haftada unda ishtirok etish uchun Islandiyaning Reykyavik portiga NATOning to‘qqiz davlatlari suvosti va suvusti harbiy kemalari kelgan.

 

O‘quv mashqlari GIUK deb ataladigan chiziqda — NATOning Shimoliy Atlantikadagi suvosti kemalariga qarshi mudofaa chizig‘ida o‘tkaziladi. U Grenlandiya, Islandiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida joylashgan. Bu yerga alyansning SOSUS suvosti kemalariga qarshi gidroakustik ovozli kuzatuv tizimi joylashtirilgan.

 

Mashg‘ulotlarda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya va Portugaliyadan uchta suvosti kemasi, 11 harbiy kema va 16 patrul samolyotlari ishtirok etadi.

 

Avvalroq NATO kemalari Boltiq dengiziga kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.