Jahon

Sobiq afg‘on amaldorlari shohona hayot kechirmoqda — WSJ

Afg‘oniston aholisining 55 foizi esa ochlikdan aziyat chekmoqda.

Sobiq afg‘on amaldorlari shohona hayot kechirmoqda — WSJ

 

2021 yil avgustida chet elga chiqib ketgan Afg‘oniston sobiq hukumati amaldorlari shohona hayot kechirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

 

Ularning ayrimlari BAA va Turkiyaning qimmat tumanlarida yashamoqda. Xususan, sobiq prezident Ashraf G‘ani dastlab Abu-Dabidagi St. Regis mehmonxonasi, uning rafiqasi esa doimiy yashash uchun xususiy villani tanlagan. BAA vakilining WSJ‘ga bergan maʼlumotiga ko‘ra, G‘ani va uning oilasi “gumanitar sabablarga” ko‘ra mamlakatga kiritilgan.

 

Xorijga qochganlarning ko‘pchiligi “Tolibon” tomonidan tazyiq o‘tkazilishidan qo‘rqib Afg‘onistondan chiqib ketgan. Ammo ayrim amaldorlar, xususan, sobiq prezident Hamid Karzay va sobiq vitse-prezident Abdulla Abdulla Kobulda qolgan va toliblar tomonidan deyarli bosimga uchramayapti.

 

Ammo qochib ketganlar orasida o‘ta dabdabali hayot kechirayotganlar bor. Xususan, G‘anining milliy xavfsizlik masalasi bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan Hamidulla Mohib Buyuk Britaniya fuqarosi hisoblanadi, uning rafiqasi esa aqsh fuqarosi. U avgustda rafiqasi homilador bo‘lganini va shu sababli Abu-Dabidagi Shangri-La mehmonxonasiga kelganini qayd etgan. Keyinroq ular Floridadagi uyga ko‘chib o‘tgan. Ushbu villa Mohibning qaynonasi nomiga rasmiylashtirilgan. Uning o‘zi hech qanday mulkka ega emasligini aytgan.

 

G‘anining yana bir tarafdori va sobiq moliya vaziri bo‘lgan Eklil Hakimiy Kaliforniyada o‘ndan ortiq ko‘chmas mulkka egalik qilishi aniqlangan. ularning umumiy miqdori 10 million dollardan ortiqqa baholangan.

 

Respublika tuzumining eng so‘nggi moliya vaziri Xolid Poyanda Vashington yaqinidagi ikki uyga egalik qiladi. Ulardan biri naqd pulga sotib olingan. uylarning umumiy miqdori 1 million dollarga teng.

 

Sobiq iqtisodiyot vaziri Mustafo Mansurning Dubayda yaxtalar to‘xtash joyi yaqinida kvartirasi borligi aniqlandi.

 

Avvalroq Afg‘oniston aholisining 55 foizi ochlikdan aziyat chekayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.