Jamiyat

Toshkentda yerusti metrosida tutashuv sodir bo‘ldi (video)

Voqea kecha Sergeli tumanida soat 20:05 da yerusti halqa yo‘li yo‘nalishining 6-va 7-bekatlari oralig‘ida bo‘lgan.

Toshkentda yerusti metrosida tutashuv sodir bo‘ldi (video)

 

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi yerusti metrosida 16 iyun kuni poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. “Toshkent metropoliteni” davlat-unitar korxonasi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 20:05 da yerusti halqa yo‘li yo‘nalishining 6-va 7-bekatlari oralig‘ida joylashgan yo‘l chetidagi to‘sin tunukasining bir qismi atrofdagi kuchli shamol sababli o‘z o‘rnidan ko‘chgan. Buning oqibatida harakatlanib kelayotgan harakat tarkibining tok qabul qilish moslamasiga tekkan va qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

 

Shundan so‘ng mashinist harakat tarkibini to‘xtatib, harakatlanishga xavf soladigan holatlar yo‘qligini tekshirib, o‘z harakatini davom ettirgan. Masʼul xodimlar holat yuzasidan joyiga borib o‘rganish ishlarini olib borgan.

Toshkentda yerusti metrosida tutashuv sodir bo‘ldi (video) | Zamon.uz