Jahon

Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to‘xtatishga chaqirdi

Cheklovlar Yevropaga ko‘proq zarar yetkazayotganiga eʼtibor qaratilgan.

Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to‘xtatishga chaqirdi

 

Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni to‘xtatish kerak. Bu haqda Vengriya bosh vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Balaj Orban maʼlum qildi.

 

“Oxir-oqibatda ushbu nizoda Yevropa iqtisodiy muammolar tufayli mag‘lub  tomonga aylanadi. Biz sanksiyalar joriy etish jarayonini to‘xtatishni taklif qilamiz. Hozirda qanchalik ko‘p cheklov joriy etsak, shunchalik og‘ir ahvolga tushayotganimizni ko‘rish mumkin. shuning uchun muzokaralar, o‘t ochishni to‘xtatish va tinch diplomatiya vaqti keldi. Bizning qarorimiz shundan iborat”, – degan u “Reuters” agentligiga bergan intervyusida.

 

Shu bilan birga siyosatchi sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmagani hamda Ukrainadagi nizoni to‘xtatmaganiga eʼtibor qaratgan.

 

Avvalroq Avstriya Rossiya gaziga sanksiya qo‘yilishiga qarshi ekanini maʼlum qilgandi.

 

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"