Siyosat

Prezident elchilarni tanqid qildi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev raisligida paxtachilik sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Prezident elchilarni tanqid qildi

 

Klasterlar faoliyatining huquqiy kafolatlari kuchaytirilishi belgilandi

 

Avvalo, hokimlarga klasterlarning ichki ish faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.

 

“Klaster o‘zini ishi bilan shug‘ullansa, tumanda sanoat, ish o‘rinlari, eksport va daromad bo‘ladi.

Buni tushunmagan hokimlar esa klasterlarni kun davomida majlisma-majlis olib yurish, boshqa ishlarga jalb qilish bilan ovora”, — dedi Prezident.

 

Yangi klasterlarni tashkil etish tartibiga ham o‘zgartirish kiritiladi.

 

Bundan buyon bitta tumanda ko‘pi bilan 2 ta klaster tashkil etishga ruxsat beriladi (hozir – 3 tagacha).

 

"Bizning elchilarda bunday tashabbus hali yo‘q!”

 

Paxta xom ashyosi va ip-kalavani qayta ishlashni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqov boshchiligida Respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi.

 

Komissiyaning asosiy vazifasi yuqorida aytib o‘tilgan 9 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilash va ijrosini tashkil etish hisoblanadi.

 

Klasterlar paxtadan ip-kalavagacha ishlab chiqarish zanjirini joriy etishga masʼul bo‘ladi.

 

Agar klasterning o‘zida xohish bo‘lsa, bemalol o‘zi qayta ishlashni to‘liq siklda amalga oshirishi mumkin.

 

Bundan buyon, alohida industrial zonalar tashkil qilinib, ularda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.

 

Komissiya elchilar va klasterlar bilan birga bu industrial zonalar boshqaruviga chet el kompaniyalarini jalb qilib, nufuzli brendlarni olib keladi.

 

“O‘zbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan so‘ng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqdalar.

Lekin, ochiq aytish kerak, to‘qimachilik sanoatini tashqi bozorlarga olib chiqish, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilishda elchixonalar ishlamayapti.

Misol uchun, bizdagi Turkiya, Xitoy, Germaniya kabi boshqa davlatlar elchilari o‘z mamlakati tadbirkorlarining manfaatini himoya qilish uchun vazir, hokim, hatto korxonagacha borishdan charchamaydi.

Lekin, bizning elchilarda bunday tashabbus hali yo‘q!”, — dedi Prezident.

 

Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar:

 

— Ispaniya, Germaniya va Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, AQSHdagi elchilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib kelish;

 

— xalqaro ko‘rgazmalarda kamida 30 ta o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi mahsulotini olib chiqib, 50 million dollardan buyurtma olishni taʼminlash topshirildi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"