O‘zbekistonda bloklangan ijtimoiy tarmoqlar qaytmoqda
Bu bo‘yicha rasmiy xabar eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, bugundan boshlab mamlakatimizda“Twitter”, “WeChat” va “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlaridan to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyati to‘liq tiklanmoqda. “TikTok” platformasi bilan esa muzokaralar davom etmoqda. Uning natijalari yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, blokirovkalar rivojlanishga faqat zarar keltiradi.







