Jahon

Pokistonda harbiy vertolyot qulab tushdi

Mahalliy harbiylar vertolyot qoldiqlari topilgani, tirik qolganlar yo‘qligini maʼlum qildi.

Pokistonda harbiy vertolyot qulab tushdi

 

Pokiston janubi-g‘arbidagi Belujiston viloyatida harbiy vertolyot qulab tushdi va 6 kishi halok bo‘ldi.

 

"Vertolyot suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam berish uchun ketayotgan edi. Keyinchalik u bilan aloqa uzilib qoldi. Samolyotdagi olti kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 12-korpusning katta harbiy qo‘mondoni general-leytenant Sarfraz Ali ham bor", deyiladi xabarda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, halokatga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.

 

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 

Pokistonning tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha milliy boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, 14 iyundan buyon mamlakatda musson yomg‘irlari va toshqinlar tufayli 502 kishi halok bo‘lgan, 593 kishi jarohatlangan.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"