O‘zbekiston Tayvan masalasida munosabat bildirdi
Tashqi ishlar vazirligining bayonoti eʼlon qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tayvan atrofidagi vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan yuzaga kelgan keskinlik tezroq pasayishiga umid bildiradi. Bu haqda “Dunyo” AA tomonidan keltirilgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bayonotida maʼlum qilindi.
"O‘zbekiston xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyor va tamoyillariga muvofiq “yagona Xitoy” siyosatini, ushbu mamlakat suvereniteti, hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi", - deyiladi bayonotda.







