Jahon

Pekin-Vashington munosabatlaridagi keskinlik global muammolarni hal etishni imkonsiz qilmoqda

Bu haqda Singapur bosh vaziri maʼlum qildi.

Pekin-Vashington munosabatlaridagi keskinlik global muammolarni hal etishni imkonsiz qilmoqda

 

AQSH va Xitoy o‘rtasidagi kelishmovchiliklar qator global muammolarning hal etilishini imkonsiz ishga aylantirmoqda. Bu haqda Singapur bosh vaziri Li Syan Lun millatga yillik murojaatnomasida aytib o‘tdi.

 

“Dunyo siyosatiga asosiy taʼsir o‘tkazadigan AQSH-Xitoy munosabatlari yomonlashmoqda. Ikki davlat qator masalalarda kelisha olmayapti. Gap raqobat qilayotgan mafkuralar, davlat tuzumlari, Xitoyning dunyoda o‘sib borayotgan mavqei, shuningdek, qator boshqa muammolar, xususan, savdo bahslari, kibershpionaj, Janubiy Xitoy dengizi, Gonkong haqida ketmoqda. Ammo eng asosiy muammo — Tayvan atrofidagi masalaning keskinlashishi”, – degan siyosatchi.

 

Uning fikricha, Vashington va Pekin qator global muammolar, jumladan, iqlim o‘zgarishi, pandemiya va yadro qurolining tarqalishi muammolarini birgalikda hal qilishi kerak.

 

“Ammo ularning tarang munosabatlari buni amalda imkonsiz qilmoqda. Bu butun dunyo uchun yomon xabar”, – deb qo‘shimcha qilgan siyosatchi.

 

Avvalroq Xitoy AQSHni Tayvan masalasida provokatsiyada ayblagandi.

custom img

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni dastlabki ko‘rib chiqish, monitoring qilish va muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni takliflarini ilgari surdi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"