Siyosat

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Unda Samarqand shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarining rejasi va kun tartibi ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

 

Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Joriy yil iyun oyida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi sezilarli yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Avgust oyi boshida qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, transport va savdo vazirlarining birinchi uchrashuvi samarali o‘tkazildi.

 

Joriy yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 70 foizga oshdi. Qishloq xo‘jaligi, ipakchilik va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi. O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya fondini tez fursatda ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

 

Davlat rahbarlari amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirish lozim ekanini taʼkidladilar. Shu maʼnoda, kelgusi kuzda ikki mamlakat hududlari forumi va sanoat salohiyati ko‘rgazmasini o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

 

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Bo‘lajak ko‘p tomonlama uchrashuvlar, shu jumladan Samarqand shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarining rejasi va kun tartibi ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"