O'zbekiston

Farg‘onada soxta IIB xodimi ushlandi

U sudlanayotgan fuqaroni 1,5 ming dollar evaziga ozodlikka chiqarmoqchi bo‘lgan.

Farg‘onada soxta IIB xodimi ushlandi

 

Farg‘ona viloyatida o‘zini IIB va bank xodimi sifatida tanishtirgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro N. X. fuqaro M.ga o‘zini Toshkent shahar IIB xodimi deb tanishtirib, sud organlarida ishi ko‘rilayotgan turmush o‘rtog‘i B.ni 1500 AQSH dollari evaziga ozodlikka chiqarib berishni va’da qilib, shundan 1000 AQSH dollarini olib, yana 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Bundan tashqari, N. X. boshqa bir fuqaro N. Q.ga Toshkent shahrida bank filialida ishlashini aytib, imtiyozli shartlar asosida kredit olib berish evaziga uning 4,9 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

custom img

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetkaziladi

Bundan tashqari shaharlarda kanalizatsiya xizmatlari qamrovi 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo‘shimcha 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi

Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Anomal issiq avtobuslardagi konditsionerlar samaradorligiga ta’sir qilmoqda — "Toshshahartransxizmat"

"Toshshahartransxizmat" AJ avtobuslardagi sovitish tizimlari yuzasidan bildirilayotgan e’tirozlarga munosabat bildirib, ayrim avtobuslarda konditsioner mavjud emasligini ma’lum qildi.

custom img

Jizzaxda uch nafar voyaga yetmagan qiz hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

custom img

Buxorodan global maydonga qadar. Mirshod Shakirov qanday qilib mamlakatlar va bizneslar o‘rtasida ko‘prik qurmoqda?

Buxoroda tug‘ilib, Toshkentda tahsil olgan, professional faoliyatining muhim bosqichini Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida boshlagan Mirshod Shakirov global maydonda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklardan.

custom img

"Rayhon" milliy taomlar restorani egasi 8 yilga qamaldi

U Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilgan.

custom img

Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan er-xotin 5 yilga qamaldi

Ayblanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bolani sotishdan tushadigan mablag‘ qarzlarni yopish va Turkiyaga ishlash uchun ketishga sarflanishi rejalashtirilgan edi.

custom img

O‘zbekistonda anomal issiq ortga chekinmoqda

Hafta o‘rtalaridan mamlakatning ko‘p qismida kunduzgi harorat 30–35 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"