Jamiyat

Er ayolini o‘ldirib, jasadini ikki kun mashinasida saqlagani aytilmoqda

Voqea Toshkent shahrida sodir bo‘lgan.

Er ayolini o‘ldirib, jasadini ikki kun mashinasida saqlagani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini o‘ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqalgan.

 

Videoda aytilishicha, er ayolini o‘ldirib, jasadini Toyota Prado rusumli mashinasining yukxonasida saqlab kelgan.

 

Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda ushbu holatni aniqlashtirish yuzasidan ish olib borilmoqda. 

 

Natijasi haqida xabar qilinishi aytilgan.

Er ayolini o‘ldirib, jasadini ikki kun mashinasida saqlagani aytilmoqda | Zamon.uz