Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi

 

Bugun, 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Qirg‘iziston rahbari O‘zbekiston yetakchisiga har doimgidek samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Samarqandda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini qayd etdi.

 

Prezidentlar strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan sermahsul ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. O‘zaro savdo jadal o‘sib bormoqda, yil boshidan uning hajmi 30 foizga oshdi.

 

Sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida qo‘shma kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

 

Butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojiga xizmat qiladigan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"