Siyosat

Budapeshtda O‘zbekiston vakolatxonasi ochiladi

Bu bo‘yicha ikki davlat delegatsiyasi kelishuvga erishdi.

Budapeshtda O‘zbekiston vakolatxonasi ochiladi

 

Bugun, 4-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

 

Yetakchilar O‘zbekiston-Vengriya munosabatlari 2021 yilda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani chinakam tarixiy voqea bo‘lgani hamda xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligi va o‘zaro manfaatli hamkorlikning bugungi rivojiga to‘liq hamohangligini ta’kidladilar.

 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.


O‘zbekiston rahbari keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi qariyb 3 barobar ko‘payganini qayd etdi. Tomonlar kelajakda ikki tomonlama tovar ayirboshlashni 500 million dollarga yetkazish rejasini ro‘yobga chiqarishga kelishib oldilar.

 

Viktor Orban Vengriya O‘zbekistonni o‘zining muhim va uzoq muddatli hamkori deb hisoblashini ta’kidladi. Ushbu tashrifning boy dasturi ham o‘zaro muloqotni har tomonlama rivojlantirishga intilish qat’iyligidan dalolat beradi.

 

Qishloq xo‘jaligi, transport, farmasevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, suvni tejash va sanoat sohalaridagi kooperasiyaga yangi kuchli sur’at bag‘ishlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Shu maqsadda hukumatlarga ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun tez fursatda qo‘shma fond tuzish topshirildi.


Shu bilan bir qatorda biznes-forum va ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazib boriladi, imkoniyatlar maksimal darajada ishga solinadi, o‘zaro manfaatli hamkorlikning barcha yo‘nalishlari qamrab olinadi.

 

Tomonlar yaqinda o‘tkazilgan biznes-forumning muvaffaqiyatli yakunlari, ya’ni qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan investisiya va savdo bitimlari imzolangani natijador hamkorlikning aniq amaliy natijasi bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida Budapeshtda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

 

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.