Qashqadaryoda “Cobalt” yukxonasida odam olib ketilayotgani aniqlandi
Haydovchidan nega bunday qilgani so‘ralganda, u bundan bexabarligini aytgan.

Qarshi shahar hududida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan “Cobalt” avtomashinasining haydovchisi yukxonada yo‘lovchi olib ketayotgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda NasafNews xabar berdi.
Haydovchidan nima sababdan yukxonaga odam mindirib olgani so‘ralganida, u bundan bexabarligini aytgan. «Men minganini ko‘rganim yo‘q», — deydi u.
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.







