Britaniyada bosh vazir saylovi qanday o‘tishi maʼlum bo‘ldi
Yangi rahbarni 28 oktabrgacha saylash rejalashtirilgan.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri saylovida faqat uchta nomzod ishtirok eta oladi.
Nomzodlar 24 oktyabr dushanba kuniga qadar ariza berish mumkin bo‘ladi. Bosh vazirlikka daʼvogarlik qilishdan oldin nomzodlar kamida yuz nafar partiya deputati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
Shunday qilib, kerakli miqdordagi ovozni to‘plagan nomzod yangi Bosh vazir bo‘ladi. Agar ariza beruvchilar ko‘proq bo‘lsa, deputatlar o‘rtasida onlayn ovoz berish o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi Bosh vazir Liz Trass 44 kunlik hukmronligidan so‘ng 20 oktyabr kuni konservatorlar partiyasi rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.







