O'zbekiston

Jizzaxda 22 yoshli yigit xotini va o‘g‘lini o‘ldirib, yoqib yubordi

Viloyat IIB hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Jizzaxda 22 yoshli yigit xotini va o‘g‘lini o‘ldirib, yoqib yubordi

 

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida 22 yoshli yigit ayolini xiyonatda ayblab, uni va 5 yoshli farzandini o‘ldirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2 noyabr kuni Gʻallaorol tumani IIBga tumanning Zargar qishlog‘idan o‘tgan Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lining yoqasidagi qirlikda ayol va bolaning jasadi borligi haqida xabar kelib tushadi. Tergov-tezkor guruhi voqea joyiga yo‘l oladi. Tezkor guruh voqea joyida mudhish manzaraga guvoh bo‘lishadi. Ayol va 5 yoshli bolaning yuza qismi yoqib yuborilgan edi.


Tez orada kriminalistlar ayolning shaxsini aniqlashadi. Shundan so‘ng jinoyatning izi ochiladi va qotillikda gumondor o‘z uyida qo‘lga olinadi. Yigit qilmishini tan olib, qotillik qanday ro‘y berganini so‘zlab beradi.

 

Buxoro viloyatida 2000 yilda tug‘ilgan yigit 1993 yilda tug‘ilgan ayol bilan bundan 5 yil avval tanishib, uchrashib yuradi. Yigitning ham, ayolning ham yaqinlari bu munosabatga qarshilik qilishgach, ular yashirincha nikoh qurib yashab kelishgan. 2017 yilda farzandi tug‘ilgan. Turmush tashvishlari boshiga tushgan yigit afsus cheka boshlaydi va o‘zini xato qilgan deb hisoblaydi.

 

Kuzning boshida ayol yana homilador bo‘lib qoladi. Bu vaqtda yigit Toshkentga ishlagani ketgan edi. Ayol yigitning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li bilan munosabatlari haqida bor gapni aytadi, SMSlar ham yozib yuboradi. Ayolning maqsadi bu oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish edi.

 

Shundan so‘ng, yigit ayolni Toshkentga chaqiradi. Ular u yerda biroz yashagach, Buxoroga qaytayotgan vaqtida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Zargar qishlog‘idagi qirliklar oldida yo‘lovchi tashish mashinasidan tushib qolishadi.

 

Tepalikka chiqib biroz dam olishadi. Yigit ayolning qo‘lida pulni ko‘rgach, uni xiyonatda ayblab, tarsaki tushiradi. Ayol esa tosh bilan erining boshiga uradi. Gʻazabi qo‘zg‘agan erkak barini shu yerda tugatishga qaror qiladi va ayolni bo‘g‘ib o‘ldiradi. Uxlab yotgan farzandi shovqindan turib kelib, voqea guvohi bo‘ladi. Uni otasi olib ketmoqchi bo‘lganida bola onasi bilan qolishni istab yig‘laydi. So‘ng yigit bolani ham sumka tasmasi bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi.

 

Erkak marhumlarning jasadlarini ularning kiyim va buyumlariga qo‘shib, yoqib o‘zi esa hech narsa bo‘lmaganidek Buxoroga ketib yuboradi.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.