Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga yetib bordi

Ertaga ikki mamlakat rahbarlari muzokara o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga yetib bordi

 

Bugun, 21 noyabr kuni Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Parijga keldi.

 

“Parij-Orli” aeroportida davlat rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

 

Mamlakat yetakchisini Fransiya madaniyat vaziri Rima Abdul-Malak va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Bugun davlat rahbari yetakchi kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 22 noyabr kuniga mo‘ljallangan.


Ushbu mamlakat Parlamentining quyi palatasi – Milliy yig‘in raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emmanuel Makron muzokara o‘tkazadilar.

 

Davlat rahbarlari Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga birgalikda tashrif buyurib, xalqimiz madaniy merosiga bag‘ishlangan, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar muzeylarining eng noyob eksponatlaridan iborat yirik ko‘rgazmalar bilan tanishadi.

 

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.