O'zbekiston

O‘quvchilarni bepul tushlik bilan taʼminlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

XTVning yil boshida tasdiqlangan xarajatlariga qo‘shimcha 922 milliard so‘m ajratilmoqda.

O‘quvchilarni bepul tushlik bilan taʼminlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

 

Endilikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan taʼminlashga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi sessiyasida moliya vaziri Timur Ishmetov «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi bilan deputatlarni tanishtirdi.

 

Muhokamada byudjet taqchilligi 3 foizdan 4 foizga oshirilishi maʼlum qilingan. Xususan, ayrim birinchi darajali byudjet mablag‘lari taqsimlovchilar kesimidagi tegishli vazirlik va tashkilotlar ro‘yxati va mablag‘ hajmi ham ochiqlangan. Jumladan, XTVning yil boshida tasdiqlangan xarajatlariga qo‘shimcha 922 milliard so‘m ajratilmoqda.

 

Bundan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish uchun — 106 milliard so‘m yo‘naltirilishi aytilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

Andijonda onlayn qimor bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi.

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Ziyoratga yuborish va’dasi: “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga uringanlar aniqlandi

Uch hududda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul olgan shaxslar ushlandi.

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliya mehnat bozoriga yo‘l ochilmoqda: o‘zbekistonlik mutaxassislar ishga jalb etilishi mumkin

Avstraliyaning Shimoliy hududi vakillari bilan o‘zbekistonlik malakali ishchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Bog‘chalardagi bolalarda ko‘z kasalligi tarqalayaptimi?

Toshkent viloyati SSB tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

“BBB-” darajasiga erishish uchun bir pog‘ona qoldi — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonning suveren kredit reytingi “barqaror” prognoz bilan “BB+” darajasiga ko‘tarildi.