Jahon

Rossiya 11 yil ko‘rishmagan Erdog‘an va Asadni uchrashtirishga tayyorligini bildirdi

Bundan oldin Turkiya Prezidenti suriyalik hamkasbi bilan uchrashish ehtimoli haqida gapirgandi.

Rossiya 11 yil ko‘rishmagan Erdog‘an va Asadni uchrashtirishga tayyorligini bildirdi

 

Rossiya Turkiya va Suriya Prezidentlari uchrashuvini tashkil etishga tayyor. Bu haqda RF Prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev maʼlum qildi.

 

“Menimcha, Moskva ikki tomonda xohish bo‘lgan taqdirda muloqot maydonini taqdim etishga tayyor. Bunga shubha qilmayman”, — degan diplomat.

 

Shu bilan birga u bu uchrashuvni tashkil etish uchun maʼlum sharoit yetilishi kerakligini taʼkidlagan.

 

Bundan oldin Rajab Toyyib Erdog‘an Bashar Asad bilan uchrashish ehtimoli haqida gapirgandi. Ayrim manbalarga ko‘ra, ikki davlat rahbari uchrashuvi Vladimir Putin vositachiligida bo‘lib o‘tishi mumkin.

 

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.