0

Prezident maktabi oʻquvchisi xalqaro tanlovda gʻolib boʻldi

Robototexnika yoʻnalishida o'tkazilgan tanlovda O'zbekistondan 3 ta Prezident maktabi hamda 2 ta ixtisoslashtirilgan maktabdan o'quvchilar ishtirok etgan.

Prezident maktabi oʻquvchisi xalqaro tanlovda gʻolib boʻldi

 

Prezident maktabi oʻquvchisi Qozogʻistonda oʻtkazilgan robototexnika yoʻnalishidagi xalqaro tanlov gʻolibi boʻldi. Bu haqida Prezident taʼlim muassasalari agentligi ma'lum qildi

 

Ostona shahrida 4-25 noyabr kunlari "STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

 

Unda jami 250 ta guruh qatnashdi. Ular orasida Toshkent Prezident maktabi oʻquvchisi 1-oʻrinni egalladi.

 

Andijon va Fargʻona prezident maktablari ishtirokchilari uchirgan samolyotlar rekord natija koʻrsatdi.

 

Oʻzbekistondan ishtirok etgan maktablar:

 

  • Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
  • Andijon shahridagi Prezident maktabi;
  • Fargʻona shahridagi Prezident maktabi;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"