Rahbarlarning xodimlarini soʻkishi “moda” boʻldimi?
Bu boʻyicha qonunchilikda qanday choralar belgilangan?

Davlat imidji shakllanishiga davlat xizmatchilari va amaldorlarining xulq-atvori katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘z harakatlari bilan davlat siyosatining amalga oshirish mexanizmlarini belgilab berishadi.
So‘nggi paytlarda so‘kong‘ich rahbarlar, ayniqsa, hokimlar haqidagi xabarlar quloqqa tez-tez chalinadigan bo‘ldi... Hokimlarning qo‘l ostidagilarni haqoratli so‘zlar bilan so‘kishi xuddi zaruratga aylanib qolgandek, go‘yoki rahbar xodimini shunday “siylamasa”, u o‘z vazifasini sidqidildan amalga oshirolmaydi... Hatto bu kabi holatlar mansabdorlar orasida urfga aylanib borayotgandek.
Rahbarlarning bu kabi “jimjimador” munosabati esa ko‘p holladrda nari borsa, hayfsan bilan jazolanmoqda.
Hayfsan o‘zi nima?
Hayfsan – bu xodim tomonidan tashkilotning mehnat intizomi buzishi natijasida unga nisbatan ish beruvchi tomonidan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralaridan biridir.
Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralari sifatida hayfsan qo‘llashga haqli:
Mehnat kodeksining 182-moddasiga asosan Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.
Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
“Hayfsanchilar”ga qanday jazo beriladi?
Mansabdor ishdan bo‘shashi, (Konstitusiyaning 93-moddasi 15-bandida Konstitusiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli ekanligi belgilangan), ma’muriy (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga binoan, haqorat qilgani, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgani uchun eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin) hamda Jinoiy (Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Faqat buning uchun hokimning ushbu xatti-harakatlari fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazgani isbotlanishi lozim) yoki Intizomiy jazo bilan cheklanilishi ham mumkin.
Afsuski, bunday vaziyatlarda hech nima bo‘lmasligi ham mumkin. Turli tekshiruv va o‘rganishlar boshlanadi, ammo oxiriga yetkazilmaydi.
Mansabdorlarni o‘zini tutish qoidalaridan yana bir bor xabardor etadigan ma’lum bir qoidalar majmui bormi?
Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori qabul qilindi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi odob-axloqining namunaviy qoidalaridan kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari ham o‘rin olgan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan. Bunday qoidalarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Hech qaysi mansabdor shaxsga qo‘l ostidagilarni tahqirlash huquqi berilmagan. Odamlarni haqorat qilish ularga kuchli bosim bo‘ladi. Va bu keyinchalik o‘ziga ishonchning susayishi, biror kasb-kor egasi bo‘lishdan qo‘rqish va hatto rahbar bo‘lishdan cho‘chishga sabab bo‘lishi mumkin.








