0

Qashqadaryoda o‘quvchilar yupun kiyimda tadbirga olib borildi

XTV holatni tanqid ostiga oldi.

Qashqadaryoda o‘quvchilar yupun kiyimda tadbirga olib borildi

 

Shahrisabz shahar hokimligi Telegram-kanalida Yoshlar ishlari agentligi va sektor rahbarlari ishtirokida tadbir o‘tkazilganligi haqida tadbirdan fotosuratlar eʼlon qilindi. Xalq taʼlimi vazirligi holatga izoh berdi.

 

"Xalq taʼlimi vazirligi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarini darsdan tashqari ularning salomatligi hamda xavfsizligiga xavf soladigan turli tadbirlarga jalb qilmaslik bo‘yicha doimiy ravishda ogohlantirib keladi.

Afsuski, shunga qaramay ushbu suratdagi kabi ayanchli holatlar yuzaga kelmoqda. Bolalarning maktabdan tashqari vaqtlarda tadbirga jalb etilishi va eng achinarlisi, sovuq ob-havo sharoitiga qaramay ularning yupun kiyimlarda ekanligi ushbu hududdagi har bir mutasaddining aybi, deb hisoblaymiz.

Xalq taʼlimi vazirligi hudud mutasaddilari sanalgan hokimlar, sektor  rahbarlari, huquq-tartibot organlari masʼullaridan taʼlim muassasada maktab vaqtidan tashqari tadbirlarni tashkil etayotganda maktab o‘quvchi va o‘qituvchilarini jalb qilib, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini qatʼiy so‘rab qoladi.

Shu bilan birga joylardagi xalq taʼlimi boshqarma, bo‘limlari va maktab rahbarlaridan ham tegishli xulosalar chiqargan holda, bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan qatʼiy ogohlantiriladi," deyiladi bayonotda. 

 

Maʼlumot uchun, mazkur holat Shahrisabz shahar Yoshlar ishlari agentligi va sektor rahbarlari Yoshlar daftarida turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va to‘lovlar uchun sertifikatlar topshirish marosimidan olingan suratda aks etgan. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qashqadaryoda o‘quvchilar yupun kiyimda tadbirga olib borildi