Jahon

Vengriya Ukrainaga 18 mlrd yevro yordam ajratilishiga qarshi

Litva moliya vaziri buni “axloqsizlik” deb atadi.

Vengriya Ukrainaga 18 mlrd yevro yordam ajratilishiga qarshi

 

Vengriya Yevropa kengashi tomonidan Ukrainaga makromoliyaviy yordam ajratish bo‘yicha tuzatishlar qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi rahbari Mixali Varga Bryusselda o‘tgan Iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida aytdi.

 

“Vengriya moliya qonunchiligiga o‘zgartirish kiritishga qarshi”, - dedi u.

 

Litva moliya vaziri Gintare Skaiste bu qarorni axloqsiz deb atadi. 

 

“Vengriyaning Ukrainaga yordam bermasligi va uni boshqa darajadagi muammolar bilan bog‘lashi qaysidir ma’noda axloqsizlikdir”, dedi vazir jurnalistlarga.

 

Noyabr oyida Yevroparlament Ukrainaga 18 milliard yevrolik moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi loyihani ma’qulladi. Yordam imtiyozli uzoq muddatli kreditlar berish, muhim infratuzilmani ta’mirlash va harbiy harakatlar tugaganidan keyin mamlakatni tiklashni o‘z ichiga olgan. Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainani tiklash uchun 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ kerakligini aytgan.

 

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"