Sport

Mourinyo Portugaliyani boshqarishi mumkin?

Bu jamoa uchun qanchalik foydali.

Mourinyo Portugaliyani boshqarishi mumkin?

 

 “La Gazzetta dello Sport” nashri katta yangilikni eʼlon qildi: manbaga ko‘ra, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Qayd etilishicha, Mourinyo bu taklifga qiziqmoqda.

 

U 2020 yil intervyularining birida shunday degandi:

 

“Ha, men terma jamoani boshqarmoqchiman, jahon chempionati va Yevropa chempionatida ishtirok etish tajribasini olishni, qisqa musobaqalar hissiyotlarini boshdan kechirishni istayman”, — degandi portugaliyalik murabbiy. 

 

Mourinyo kelajakda Portugaliya terma jamoasini boshqarishi kerakligi haqidagi gaplar uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Joze dunyoning eng yaxshi murabbiyi maqomini yo‘qotgani uchun bu variant faoliyatidagi yagona najot hisoblanmoqda.

 

Xalqaro futbol taktik innovatsiyalar bo‘yicha klub futbolidan ortda qolmoqda. Mourinyoning o‘zi hozir ko‘proq konservativ holatda. U avvalgi usullarni ko‘p qo‘llaydi. Joze yaqinda murabbiylar shtabini yangiladi, yosh mutaxassislarni taklif qildi (masalan, “Lill”dan Joau Sakramento Joze bilan “Tottenhem”da, hozir esa “Roma”da ishlamoqda), lekin uning o‘zi ham yangi tendensiyalarga mos kelmayapti. Terma jamoalarda ham murabbiyning yaxshi motivator va notiq bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. Bu komponentda Mourinyoda jiddiy kamchiliklar bor. 

 

Boshqalar Jozening Portugaliya terma jamoasiga kelishi haqida qanday fikrda? Terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Fernando Santos 2021 yilning aprel oyida o‘zidan keyin Mourinyoni ko‘rishni istayotganini taʼkidlagan edi: “Mening loyiham 2024 yilgacha davom etishi kerak, o‘sha vaqtgacha o‘zimni bunga bag‘ishlayman. Ammo bundan keyin Joze Mourinyo yaxshi o‘rinbosar bo‘lardi, deb o‘ylayman”, — degandi murabbiy.

 

Manishe

Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi

“Mourinyo qo‘lga kiritgan barcha yutuqlardan so‘ng, bu lavozimga juda mos keladi. Joze dunyoning eng yaxshi klublarini boshqardi. Unvonlarni qo‘lga kiritdi va unga terma jamoalardagi g‘alabalar yetishmayapti. U qiyinchiliklarga tayyor bo‘lgan tajribali murabbiy. U portugal va xorij futbolini biladi, yoshlar bilan ishlashni istaydi”.

 

Yana bir muhim savol: Mourinyo Krishtianu Ronaldu bilan qanday ishlaydi? Avvalroq, 37 yoshli hujumchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida emasligi haqida xabar berilgandi. Ronaldu formaga tushsa, baribir terma jamoaga foyda keltirishi mumkinligiga ishonmoqda.

 

Krishtianu Mourinyo bilan birgalikda 2010 yildan 2013 yilgacha “Real”da birgalikda ishlagan. Bu vaqt ichida ularning munosabatlari turli bosqichlardan o‘tdi: birinchi mavsumda hammasi joyida edi, ammo hamkorlikning oxirida kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi.

 

Ronaldu madridliklarning o‘yin uslubidan norozi edi: “Yo‘q, menga uslubimiz yoqmaydi, lekin qanday bo‘lmasin talab qilinadigan narsaga moslashishim kerak. Bizning strategiyamiz ishlamayapti”, — degan futbolchi.

 

Jozening “Real Madrid”dagi ikkinchi mavsumida hammasi yaxshi o‘tdi: jamoa 100 ochko bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Mourinyo Ronalduni “gol uruvchi mashina” deb atadi. Ammo keyingi yili vaziyat yomonlashdi. Murabbiy va futbolchi mavsumning yomon o‘tgani va futbolga qarashlari turlicha bo‘lgani uchun bir-biriga juda ko‘p daʼvolar qilishdi. Janjallardan birida Mourinyo va Ronaldu urishib ketishiga sal qolgan. Natijada 2012/2013 yilgi mavsum yakunida Mourinyo Madridni tark etadi.

 

“Menda u bilan bog‘liq bitta muammo bor edi. Murabbiy o‘yinchini taktik nuqtai nazardan tanqid qila oladi, imkoni bor narsani yaxshilashga harakat qiladi. Biroq Krishtianu tanqidni unchalik yaxshi qabul qilmaydi. Balki, u hamma narsani bilaman”, — deya taʼkidlagandi Joze Ispaniyadagi faoliyatini tugatgandan keyin.

 

Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, ularning suhbatlari asta-sekin iliqlasha boshladi.

 

“Ronalduga murabbiylik qilish faoliyatimdagi eng muhim voqea bo‘ldi. U men uchratgan eng professional futbolchi. Murabbiy va futbolchi o‘rtasida maʼlum bir vaqtda kelishmovchilik bo‘lishi mumkin, ammo hammasi shu bilan tugaydi”, — dedi Joze.

 

Krishtianu bunga javoban Jozeni faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy deb atadi, va uni ser Aleks Fergyusondan ham yuqori o‘ringa qo‘ydi: “Men Mourinyoni birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardim”.

 

Mourinyoning Portugaliya terma jamoasiga kelishi ijobiy natija berishi mumkin. Shu bilan birga, Joze hali ham futbolchilarga yangilik bera oladi. Uning taktik eslatmalari ancha samarali ishlaydi.

 

custom img

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Jahon chempionati yo‘llanmasi navbatdagi o‘yinda hal bo‘ladi.

custom img

Erondagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining ahvoli qanday?

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular notinch vaziyat sababli Eronni vaqtincha tark etyapti.

custom img

Eron rasman Jahon chempionatini tark etdi

Hukumat sportchilarning Jahon chempionatiga borish xavfini o‘z zimmasiga olmasligini bildirdi.

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Mourinyo Portugaliyani boshqarishi mumkin?