O'zbekiston

Toshkentda yuz bergan YTHda 11 yoshli bola vafot etdi

To‘qnashuv Lacetti va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan.

Toshkentda yuz bergan YTHda 11 yoshli bola vafot etdi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 18-dekabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.

 

Avtohalokat soat 17.30 larda Chilonzor tumanining “Cho‘ponota” ko‘chasida yuz bergan. 1983-yilda tug‘ilgan U.T. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinada yo‘l chetidan orqaga harakatlanayotgan, 1960-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.

 

YTH oqibatida Lacetti haydovchisi U.T., Cobalt haydovchisi M.A. va yo‘lovchisi  — 2011-yilda tug‘ilgan M.M. olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlariga qaramasdan 11 yoshli M.M. vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

U fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga pul talab qilgan.

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Undiriladigan mablag‘ ish haqi qarzdorligi, kechiktirilgan to‘lovlar uchun kompensatsiya va ma’naviy zarar tovonlarini o‘z ichiga oladi.

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.