O'zbekiston

O‘zbekistonda Qurʼoni Karimning nodir qo‘lyozmalaridan iborat kolleksiya shakllantirildi

Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda Qurʼoni Karimning nodir qo‘lyozmalaridan iborat kolleksiya shakllantirildi

 

Islom sivilizatsiyasi markazi fondida Qurʼoni Karimning 28 ta nodir qo‘lyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, shu yil Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga aholi va shaxsiy kolleksiyalardan 626 ta qo‘lyozma va 985 ta toshbosma asarlar, jami 1611 ta manba qabul qilingan.

 

Yil boshidan buyon ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan 11 ta yozma manba tarjima qilinib, chop etishga tayyorlangan. Qurʼoni Karim bo‘limi ekspozitsiyasi uchun Qurʼoni Karimning 28 ta nodir qo‘lyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirilgan.

 

Qatar milliy kutubxonasidan 2 ming 635 ta foto-hujjat, qo‘lyozmalar, arxiv hujjatlari, Turkiya Respublikasi olimlari qo‘lyozmalar kolleksiyasining maʼlumotlar bazasidan 70 mingdan ortiq, AQSH Kongressi kutubxonasidan 558 ta ko‘lyozma va foto-hujjatlar, “TurkTAV” fondidan 20 mingdan ziyod noyob kitoblar, Misrning “Al-Azhar” majmuasidan Alisher Navoiyga oid 5 dona, Kamoliddin Behzodga oid 6 dona elektron manbalar olingan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"