Jamiyat

Yakunlanayotgan yil ikki rektorning faoliyatini ham yakunladi

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi matbuot kotibi maʼlum qildi.

Yakunlanayotgan yil ikki rektorning faoliyatini ham yakunladi

 

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi matbuot kotibi O‘zbekistondagi ikki oliy taʼlim muassasasi rektorlari ishdan olinganini maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ozod etildi.

 

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 31-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyatdagi 4 ta oliy taʼlim muassasasidan ikkitasida rahbarlar o‘zgargandi.

 

Xususan, 2013-yildan buyon Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori bo‘lgan Ulug‘bek Muxamedxanov lavozimdan olingan. Uning o‘rnini Nusratullo Barakayev egallagan.

 

Maʼlumot o‘rnida, sotsiologiya fanlari doktori Ulug‘bek Azizov 2020-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga rektor etib tayinlangandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"