O'zbekiston

Bugun Toshkentning ayrim tumanlari gazsiz qoladi

Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo‘lmoqda.

Bugun Toshkentning ayrim tumanlari gazsiz qoladi

 

Bugun Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi xonadonlar gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda “hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti xabar berdi.

 

Sergeli va Yangihayot tumani mahallarida taʼmirlash ishlari sababli tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

 

Sergeli tumani

“Xonobodtepa”mahallasining Dadaxo‘jayeva ko‘chasidan o‘tgan yer osti D-57 millimetrli o‘rta bosim gaz quvuri metro qurilishi hududidan boshqa xavfsiz joyga ko‘chirilmoqda.

Shu sababli soat 10:00dan 15:00ga qadar “Xonobod”, “Xonobodtepa” va “Xontepa” mahallalaridagi jami 580 ta uy xo‘jaliklari hamda hududdagi 15 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

Yangihayot tumani

“Yangidarxon” mahallasi hududidan o‘tgan o‘rta bosim D-76 millimetrli yer usti gaz quvurida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu tufayli soat 10:00dan 17:00ga qadar mahallada joylashgan Navro‘z ko‘chasi va 4-9 tor Navro‘z ko‘chalaridagi jami 209 ta uy xo‘jaliklar hamda hududdagi 9 ta ulgurji isteʼmolchilar tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

Ajratilgan mablag'larning asosiy qismi birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Bunga tunda shamol kuchayishi va havo almashinuvi yaxshilanishi sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilmoqda.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.