"Malika" savdo majmuasida IIO xodimlari fuqaroni olib ketdi
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari tomonidan fuqaro olib ketilayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 5-fevral kuni 2004-yilda tug‘ilgan J.M. Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi oldida IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan J.M.ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.







