O'zbekiston

O‘tgan yili mahallalarga 3 milliard so‘mlik kitoblar tarqatilgan

“Mahalla” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

O‘tgan yili mahallalarga 3 milliard so‘mlik kitoblar tarqatilgan

 

2022-yilda jami 16 mingdan ziyod kam taʼminlangan oilaga qariyb 8 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 1000 nafardan ziyod fuqarolarga sog‘lig‘ini tiklash uchun salkam 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, 87 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 14 yurtdoshimizga esa ortopedik moslamalar olib berildi. Shuningdek, 26 nafar vatandoshimizning murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishlari uchun malbag‘ ajratildi. 

 

O‘tgan yilda aholi bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilib, 562 nafar yurtdoshlarimizga tikuv mashinalari, 153 nafariga esa maishiy texnika vositalari olib berildi.  

 

Shuningdek, fond mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan 4 milliard 200 million so‘m mablag‘dan 2700 fuqaroga kiyim-kechak, 7000 dan ziyod aholiga oziq-ovqat, 1000 nafar yurdoshlarimizga xo‘jalik mollari hamda 2000 ga yaqin oilaga naqd pul ko‘rinishidagi moddiy yordamlar tarqatildi.

 

“Har bir mahallaga kitob” loyihasini hayotga tatbiq etdi. Loyiha doirasida bugungi kungacha 5000 mingdan ziyod mahallaga 3 milliard so‘mlik kitoblar tarqatildi. Shuningdek, o‘tgan yilda 274 ta mahallaga mebel jihozlari, 330 mahallaga esa kompyuter jamlanmalari tarqatildi. Buning uchun fond mablag‘lari hisobidan 3 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, o‘tgan yilda 3000 ga yaqin mahalla idoralari xodimlariga 9 milliard so‘m bir martalik moddiy yordamlar ajratildi.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.