Jahon

Bugun Turkiya, Ozarbayjon va Shimoliy Kiprda «Turkiya — bir yurak» shiori ostida yordam aksiya o‘tkaziladi

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’lum qildi.

Bugun Turkiya, Ozarbayjon va Shimoliy Kiprda «Turkiya — bir yurak» shiori ostida yordam aksiya o‘tkaziladi

 

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Anqaradagi bosh qarorgohida Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning respublika Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha murojaati tinglandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda. 

 

Ma’lum qilinishicha, Turkiya hukumati zilziladan zarar ko‘rgan barcha hududlarda yil davomida odamlar uchun sifatli va xavfsiz uy-joy qurilishini yakunlashni rejalashtirmoqda.


Shuningdek, Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat hududida 28 ming turk askari xizmat qilmoqda.

 

«15-fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 20:00da «Turkiya – bir yurak» shiori ostida Turkiya, Ozarbayjon va Shimoliy Kiprdagi Turk Respublikasida zilzila qurbonlariga yordam aksiyasi bo‘lib o‘tadi», — deya qo‘shimcha qildi Erdog‘an.


Eslatib o‘tamiz, zilzila qurbonlari soni 35 400 kishidan oshdi. Jabrlanganlarning 13 ming 208 nafari shifoxonalarda davolanmoqda.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"